bormoq

BORMOQ loyihasi

SORAGO

Jiddiy savollarni haqiqiy respondentlar bilan bog'laymiz — xavfsiz, shaffof va maqsadli.

sorago.uz saytiga o'tish

Muammo

Yaxshi savolga yaxshi respondent kerak.

Yangi g'oyani tekshirish, bozorni tushunish yoki ilmiy tadqiqot o'tkazish uchun so'rovnoma yaratish oson. Eng qiyin qismi — unga mos va sifatli respondentlarni topish.

SORAGO tarqoq guruhlar va ijtimoiy tarmoqlarga havola tashlash o'rniga mavjud so'rovnomalarni bitta ochiq, moderatorlar nazoratidagi katalogga jamlaydi.

Nima beradi

So'rovnoma havolasi emas — ishonchli yo'l

Aniq respondentlar

So'rovnomangizni kerakli auditoriyaga yaqinlashtiring — tarqoq havolalar va taxminiy javoblar o'rniga maqsadli ishtirokchilar.

Moderator nazorati

Har bir e'lon ochiq katalogga chiqishidan oldin maqsadi, qonuniyligi va xavfsizligi tekshiriladi.

Javoblar sizda qoladi

SORAGO respondent javoblarini saqlamaydi. Javoblar to'g'ridan-to'g'ri Google Forms yoki Typeform hisobingizga tushadi.

Qanday ishlaydi

Uch tomon, bitta foydali aylana

01

So'rovnomani yuboring

Mavjud Google Forms yoki Typeform havolangizni, auditoriya va maqsad tafsilotlarini kiriting.

02

Tekshiruvdan o'ting

Moderatorlar e'lonni ko'rib chiqadi. Tasdiqlangach, so'rovnoma ochiq katalogda paydo bo'ladi.

03

Kerakli odamlarni toping

Ishtirokchilar so'rovnomani topadi va javob berish uchun tashqi forma sahifasiga o'tadi.

  • Google Forms va Typeform
  • Ochiq va bepul katalog
  • Target va deadline shaffofligi

Kimlar uchun

Savol beradiganlar va javob beradiganlar uchun

Startaplar

Yangi g'oyani tekshirish va mahsulot qarorlarini haqiqiy fikrlar bilan asoslash uchun.

Marketologlar

Auditoriyani yaxshiroq tushunish va bozor tadqiqotini maqsadli o'tkazish uchun.

Tadqiqotchilar

Ilmiy yoki ijtimoiy tadqiqotlar uchun so'rovnomani ishonchli yo'l bilan tarqatish uchun.

Savolingizga yo'l oching.

So'rovnomangizni yuboring yoki sizga mos tadqiqotlarda ishtirok eting.